«PSJ» vingeri Dezire Due Pavel Pogrebnyak va Lionel Messi qayd etgan natijani takrorladi.
21 yoshli fransuz UYEFA Superkubogi uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (2:1) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, Due so‘nggi 20 yil ichida UYEFA Superkubogi bahsida ham gol urib, ham assist qayd etgan beshinchi futbolchiga aylandi.
2008 yilda «Zenit» hujumchisi Pavel Pogrebnyak shunday natijaga erishgan. 2010 yilda Serxio Aguero («Atletiko»), 2011 yilda Lionel Messi («Barselona») va 2015 yilda Luis Suares («Barselona») UYEFA Superkubogi bahsida gol va golli uzatma qayd etgan edi.













