Italiyaning «Komo» klubi o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi jamoa Yevropaning eng nufuzli klub turniri oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoaning yangi futbolchilaridan biri «Renn»da to‘p tepayotgan shveysariyalik hujumchi Brel Embolo bo‘lishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Komo» rahbariyati Emboloning vakillari bilan dastlabki aloqalarni amalga oshirgan. «Renn» 29 yoshli hujumchini taxminan 15 mln yevroga baholamoqda. Hozircha klublar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanmagan, Italiya tomoni esa transfer imkoniyatini o‘rganmoqda.













