Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Alaybegovich «Yuventus»ga moslashishda Yildiz unga yordam berayotganini aytdi

Alaybegovich «Yuventus»ga moslashishda Yildiz unga yordam berayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ning yangi futbolchisi Kerim Alaybegovich jamoadoshi Kenan Yildiz haqida fikr bildirdi.

Turin klubi 18 yoshli bosniyalik futbolchini Leverkuzenning «Bayer» klubidan sotib oldi. Yosh iqtidor «byankoneri» bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Yildiz — ajoyib futbolchi, u menga juda yoqadi. U ham men kabi nemis tilida gapiradi va bu muloqot qilishimizni ancha osonlashtiradi.

Biz u bilan juda yaqinmiz. U menga jamoaga moslashish va men uchun yangi bo‘lgan narsalarga ko‘nikishda yordam beryapti. U ajoyib inson», — dedi Alaybegovich Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Yosh vingerning transfer qiymati 32 mln yevro atrofida baholanmoqda. Alaybegovich o‘tgan mavsum Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:01, 13.08.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик