«Pari Sen-Jermen» vingeri Ibraim Mbaye «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
Diario AS ma’lumotiga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, «qizil iblislar» 18 yoshli futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun «PSJ» bilan aloqaga chiqqan.
Mbayeni ijaraga olish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, «PSJ» istiqbolli senegallik futbolchisini sotishga ham tayyor. Parijliklar 50 mln yevro yoki undan yuqori miqdorda taklif tushsa, transferga rozi bo‘lishi mumkin.
Ibraim Mbayega «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi», «Aston Villa», «Tottenhem» va boshqa qator klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali Mbayening bozor qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.













