"Inter" tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ to‘plash maqsadida ayrim futbolchilarini sotish ustida ishlashda davom etmoqda. Jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri braziliyalik yarimhimoyachi Luis Enrike Tomas de Lima bo‘lib, unga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
12 avgust kuni kechqurun "Inter" 24 yoshli futbolchiga uni transferga qo‘ygani haqida ma’lum qildi. Milan klubi braziliyalik futbolchining sotuvidan taxminan 30 mln yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
"Inter" va "Roma" transfer summasi bo‘yicha kelishuvga yaqin. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Rim klubiga o‘tish zarurligiga to‘liq ishonch hosil qilmagan.
Bundan tashqari, de Limaning maosh bo‘yicha yuqori talablari ham "Roma"ni qoniqtirmayapti.
Luis Enrike de Lima o‘tgan mavsumda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













