Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Fabregas: "Chinakam baxtli bo‘lgan joyimga qaytish juda yoqimli"

Fabregas: "Chinakam baxtli bo‘lgan joyimga qaytish juda yoqimli"

Baho:
+1 | -

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Arsenal" stadioniga qaytgani haqida fikr bildirdi. Italiya klubi London jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini aynan shu yerda o‘tkazdi.

"Albatta, chinakam baxtli bo‘lgan joyimga qaytish juda yoqimli. Ammo men uchun futbolchilarimning 65 ming muxlis qarshisida qanday o‘ynashi va bunday muhitni qanday yengib o‘tishi yanada qiziqroq.

Biz avvalgidek o‘z futbolimizni o‘ynayotganimizni, xarakter ko‘rsatayotganimizni va nimalarga qodir ekanimizni namoyish eta olishimizni ko‘rmoqchiman", — deya Fabregasning so‘zlarini Football Italia keltirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, bunday darajadagi uchrashuvlar "Komo"ning yosh futbolchilari uchun ayniqsa muhim.

"Bizda juda yosh jamoa bor. Ko‘plab futbolchilarimiz 19 yoki 20 yoshda. Shuning uchun hozir ular uchun eng muhimi — bunday uchrashuvlarda tajriba to‘plash.

Biz jamoamizda sifat va texnika borligini bilamiz. Ammo futbolchilar bunday darajada qanchalik ko‘p o‘yin o‘tkazsa, shunchalik kuchli bo‘lib boradi. Futbolda faqat sifat va texnika emas, muhit va ishtiyoq ham muhim. Ba’zan odamlar bularning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini unutib qo‘yadi", — deya qo‘shimcha qildi Fabregas.

"Komo" ikki yil avval B Seriyada ishtirok etgan edi. O‘tgan mavsumda esa jamoa Italiya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va Italiya kubogining yarimfinaliga qadar yetib bordi.

Yangi mavsumda "Komo" o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 10:10, 13.08.2026.
O'qildi: 964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик