Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Fabregas Arteta boshchiligidagi "Arsenal" muvaffaqiyatlariga baho berdi

Fabregas Arteta boshchiligidagi "Arsenal" muvaffaqiyatlariga baho berdi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi, ayni paytda "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "kanonirlar"ning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.

O‘tgan mavsumda London klubi 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘ldi. Shuningdek, "Arsenal" 20 yildan keyin ilk marta Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi.

"Bu ajoyib, shunchaki ajoyib. Klubni tabriklayman. Bu loyiha yetti yoki sakkiz yildan buyon qurib kelinmoqda. Agar adashayotgan bo‘lsam, meni to‘g‘rilang, ammo "Arsenal" ketma-ket uch marta sakkizinchi o‘rinni egalladi, keyin esa Chempionlar ligasiga chiqishga juda yaqin keldi. Bu alamli edi.

Ammo klub o‘z rejasi va aniq belgilab olingan maqsadiga sodiq qoldi, rivojlanishda davom etdi. Zamonaviy futbolda aynan shu narsa yetishmayapti. Har kuni deyarli bir xil holatni ko‘rish mumkin: "Uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldik — murabbiyni almashtirish vaqti keldi".

Mikel Arteta ajoyib ishni amalga oshirdi. Men unga faqat eng yaxshi tilaklarni bildirishim mumkin", — deya Fabregasning so‘zlarini jurnalist Konnor Xamm keltirdi.

Chorshanba kuni "Arsenal" va "Komo" o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Londonliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 10:45, 13.08.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик