Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Eron milliy terma jamoasi 2027-yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasiga qadar beshta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionatida nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, guruhdan chiqa olmagan eronliklar yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan qit’a birinchiligiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. JCH-2026 oldidan yetarli darajada kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaza olmagan Eron futbol federasiyasi bu safar xatoni takrorlamaslikka va tayyorgarlik bosqichini sifatliroq o‘tkazishga qaror qilgan.

Osiyo Kubogiga qadar terma jamoalar ixtiyorida faqat ikkita FIFA kunlari mavjud: birinchisi 21-sentyabrdan 6-oktyabrgacha, ikkinchisi esa 9-noyabrdan 17-noyabrgacha. Eron futbol federasiyasi rahbari Mehdi Toj ushbu muddatdagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi:

“Birinchi FIFA kunlarida terma jamoa uchun 3 ta o‘yin tashkil etilgan. Raqiblardan biri Jahon chempionatida ishtirok etgan Osiyo jamoasi bo‘ladi (katta ehtimol bilan O‘zbekiston), ikkinchisi esa Rossiya terma jamoasi. Uchinchi o‘yin hali to‘liq tasdiqlanmagan, ammo raqib Yevropa jamoasi bo‘ladi”.

Toj nega o‘yinlar haqidagi barcha ma’lumotlar ochiqlanmayotganiga ham izoh berib, keyingi yig‘indagi rejalarni ma’lum qildi:

“O‘yinlar haqidagi rasmiy xabar Eron futbol federasiyasi, mezbon mamlakat hamda homiylar tomonidan bir vaqtning o‘zida e’lon qilinadi. Ushbu uchta uchrashuv uchta turli davlatda — bittasi Osiyoda, ikkitasi Yevropada bo‘lib o‘tadi. 9-noyabrdan 17-noyabrgacha bo‘lgan muddatda esa Eron terma jamoasi Iroqda bo‘lib o‘tadigan turnirida ishtirok etib, u yerda ikkita o‘yin o‘tkazadi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini aytib o‘tgan edi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:59, 13.08.2026.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик