Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

La Liga «aqlli» to‘plardan foydalanadigan birinchi milliy ligaga aylanadi

La Liga «aqlli» to‘plardan foydalanadigan birinchi milliy ligaga aylanadi

Baho:
+ | -

La Liga 2026/27 yilgi mavsumning barcha o‘yinlarida Connected Ball («aqlli» to‘p) texnologiyasini keng ko‘lamda joriy etishini e’lon qildi.

Liganing rasmiy saytida xabar qilinishicha, PUMA va KINEXON kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu tizim VAR hamda ofsaydni yarim avtomat aniqlash tizimi (SAOT) bilan birgalikda ishlaydi.

Puma’ning rasmiy to‘pi ichiga KINEXON radiochastotali datchigi joylashtirilgan bo‘lib, u to‘pning joylashuvini va har bir teginishning aniq vaqtini real vaqt rejimida kuzatib boradi. Ma’lumotlar har bir stadionga o‘rnatilgan 12 ga yaqin antennalar tarmog‘i orqali uzatiladi.

Ushbu texnologiya ofsayd, qo‘l bilan o‘ynash, rikoshetlar, burchak to‘plari va qayta teginishlar bilan bog‘liq vaziyatlarda qarorlar aniqligini oshirishi kutilmoqda. Bundan tashqari, La Liga kelajakda translyasiyalar, raqamli mahsulotlar va statistik tahlillar uchun ishlatiladigan xBALL rasmiy ma’lumotlar to‘plamini ishga tushiradi.

Mavsum boshlanishidan oldin hakamlar va VAR rasmiylari maxsus tayyorgarlikdan o‘tishadi. 2027/28 yilgi mavsumdan e’tiboran Connected Ball texnologiyasi Ispaniyaning ikkinchi divizionida (Segunda) ham qo‘llanilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:07, 13.08.2026.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик