Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Rasman: Kristensen "Atalanta"ga o‘tdi

Rasman: Kristensen "Atalanta"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Atalanta" "Udineze"dan 24 yoshli daniyalik himoyachi Tomas Kristensenni ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

Bergamo klubi Kristensenni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Muayyan shartlar bajarilsa, ushbu opsiya majburiy tarzda ishga tushadi.

Kristensen "Orxus" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 19 yoshida Daniya chempionatida asosiy jamoa safida debyut qilgan. Himoyachi "Orxus" tarkibida jami 46 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

2023 yil yozida Kristensen "Udineze"ga o‘tdi. O‘tgan mavsumda u 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Xalqaro darajada Kristensen Daniyaning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida to‘p tepgan. U 2025 yilgi Yevropa chempionatida Daniya yoshlar terma jamoasi bilan chorak finalgacha yetib borgan.

Kiritildi: 23:15, 13.08.2026.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик