Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Arsenal» eski transfer maqsadi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

«Arsenal» eski transfer maqsadi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa transferi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» dastlab 28 yoshli angliyalik futbolchi uchun taxminan 35 mln yevro taklif qilgan. Biroq «Aston Villa» ushbu taklifni rad etgan.

Birmingem klubi hozircha Konsani sotishdan manfaatdor emas va uni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Jeykobsning ma’lum qilishicha, «Aston Villa» pozisiyasini faqat 70 mln yevro yoki undan yuqori miqdordagi taklif o‘zgartirishi mumkin.

Konsaning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 1 marta sariq kartochka va 1 marta qizil kartochka olgan.

Kiritildi: 00:19, 14.08.2026.
O'qildi: 1806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик