Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

«Atletik» jahon chempioni bo‘lgan futbolchilari uchun maxsus marosim o‘tkazadi

«Atletik» jahon chempioni bo‘lgan futbolchilari uchun maxsus marosim o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumini o‘z maydonida boshlaydi. Jamoa 22 avgust kuni «Sevilya»ni qabul qiladi.

Uchrashuv boshlanishidan avval klub safida to‘p suradigan va Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan uch nafar futbolchi sharafiga maxsus tantanali marosim o‘tkaziladi.

Gap Unai Simon, Inyaki Uilyams va Aymerik Lyaport haqida ketmoqda. Klub ushbu futbolchilarning milliy jamoa safida erishgan katta yutug‘ini alohida nishonlashni rejalashtirgan.

Shuningdek, Ispaniya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis de la Fuentega ham alohida hurmat ko‘rsatiladi. U o‘z vaqtida futbolchi sifatida «Atletik» safida ham to‘p surgani bois Bilbao klubi uchun begona emas.

Eslatib o‘tamiz, «Atletik» uchun o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida omadsiz kechdi. Bilbaoliklar mavsumni turnir jadvalining 12-pog‘onasida yakunladi.

Kiritildi: 00:47, 14.08.2026.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик