Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Komo» hujumchi borasida «Chelsi»ga murojaat qildi

«Komo» hujumchi borasida «Chelsi»ga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, ingliz futbolchisiga «Komo» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi forvardning ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki qadamlarni tashlab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yaqinda Trevo Chalobaning transferi sababli «Komo» va «Chelsi» o‘rtasida juda yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan. Bu omil tomonlarga ingliz hujumchisi bo‘yicha muzokaralarda yordam berishi mumkin.

Delap «Chelsi»ga 2025 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 17:46, 14.08.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик