«Manchester Yunayted»ning sobiq afsonaviy futbolchisi Pol Skoulz agar hozirgi davrda o‘ynab, har ikkala Manchester klubidan taklif olganida, «Manchester Siti»ni tanlagan bo‘lishini tan oldi.
«Agar «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» meni sotib olmoqchi bo‘lishganida, qaysidir klubning muxlisi ekanimdan qat’i nazar, men «Manchester Siti»ni tanlagan bo‘lardim», — dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football ko‘rsatuvida.
Eslatib o‘tamiz, Pol Skoulz butun professional faoliyatini faqatgina «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan. «Qizil iblislar» safida yarim himoyachi jami 717 ta o‘yinda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va 84 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.













