"Nyukasl" "Benfika"ning o‘ng qanot himoyachisi Amar Dedich transferi bo‘yicha muzokaralarda ancha ilgarilab ketgan.
Xabarlarga ko‘ra, kelishuv qiymati taxminan 30–35 mln yevroni tashkil etishi mumkin.
Insayder Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi "Nyukasl" bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan.
Dedich avval "Red Bull Zalsburg" safida hozir "Nyukasl"ni boshqarayotgan Mattias Yayssle qo‘l ostida to‘p surgan.
2026 yilgi jahon chempionatida Amar Dedich 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi.













