Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaga bo‘lgan iliq munosabatini yana bir bor ta’kidladi.
Fransuz futbolchisi 2024 yilda «qaymoqranglilar» safiga o‘tib, ko‘p yillik orzusini amalga oshirganini bir necha bor ta’kidlagan.
«Real»ga o‘tish mening orzuim edi. Bu yerda bo‘lish, har kuni klub qarorgohida vaqt o‘tkazish ham orzu. Mening omadim qanchalik kelganini bilaman.
Ammo biz g‘alaba qozonishimiz kerak», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi The Touchline.













