Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Mudrik: «18 oy men uchun mavsumga tayyorgarlikdek bo‘ldi»

Mudrik: «18 oy men uchun mavsumga tayyorgarlikdek bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytgani haqida gapirib berdi.

Mudrik 2024 yilning dekabr oyidan beri davom etgan antidoping surishtiruvi yakunlangach, shu yozda yana maydonga qaytishga ruxsat oldi.

«Men bu 18 oyni o‘zim uchun xuddi mavsumga tayyorgarlik bo‘ldi deb aytgan bo‘lardim. Butun shu vaqt davomida to‘xtovsiz va qattiq mashq qildim. Taslim bo‘lmadim va shunchaki qo‘limdan kelganicha bor kuchim bilan ishlashga harakat qildim», — dedi futbolchi «ko‘klar»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

«Haftada olti kun mashg‘ulot o‘tkazdim. Toliqishni chiqarish (tiklanish), uyqu rejimi, ovqatlanish — hammasiga jiddiy e’tibor qaratdim. Barchasi odatdagidek edi, faqat kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot bo‘ldi.

Mening maqsadim — qaytish va futbol dunyosiga yana o‘z imkoniyatlarimni ko‘rsatish edi. Bu mening vazifam edi va buning uchun nima qilishim kerakligini aniq bildim. Faqat tinimsiz mehnat orqali nimagadir erishish mumkin».

Ukrainalik 25 yoshli vinger Avstraliya va Osiyo bo‘ylab o‘tkazilgan mavsumlararo turne vaqtida «Chelsi» safiga qo‘shildi va Gonkongdagi «Yuventus»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida zaxiradan maydonga tushdi. Hozirda u Kobhemdagi bazada jamoa bilan birga mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 13:57, 15.08.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик