«Yuventus»ning yangi hujumchisi Kerim-Sem Alaybegovich jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti qo‘l ostida ishlash haqidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ha, bu murabbiy haqiqatan ham juda kuchli. Buni mashg‘ulotlarda ham ko‘rish mumkin: Spalletti doimo jamoadan eng yaxshisini olishni va mukammallikka erishishni xohlaydi. U juda ko‘p va tinimsiz ishlaydi — bu biz uchun juda foydali, chunki har bir mashg‘ulotda nimanidir o‘rganish mumkin. Har bir pas aniq bo‘lishi kerakligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarda ham bu yaqqol ko‘rinadi. Bu juda muhim, chunki siz yangi narsalarni o‘rganasiz, uzatmalar, zarbalar, harakatlanish va maydonda to‘g‘ri joy egallashga e’tibor qaratasiz. Men uchun u yuqori toifadagi murabbiy va u bilan ishlayotganimdan juda xursandman. Har kuni, mashg‘ulotdan mashg‘ulotga yangi narsalarni o‘rganish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman», — dedi Alaybegovich Tuttosport nashriga bergan intervyusida.













