Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

Fransiya futbol federasiyasi rahbari Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Fransiya futbol federasiyasi rahbari Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Filipp Diallo Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda fransiyalik jurnalist Romen Molina xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Diallo FIFAga nisbatan boykot masalasida UEFA pozisiyasini qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Qayd etilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham ushbu pozisiyani ma’qullamoqda.

Avvalroq tashkilot, FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tuzilma tashkil etish rejasini ma’lum qilgandi. Unga federasiyaning tijoriy yo‘nalishlari hamda FIFA tasarrufidagi turnirlarni tashkil etish faoliyatini birlashtirish rejalashtirilgan. Tashkilot yangi tuzilmadagi ulushlarni xususiy investorlarga taklif qilishni ko‘zlagan.

Mazkur tashabbus UEFAning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan va JCH-2030ni boykot qilish ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinchalik FIFA Infantino nomidan bayonot tarqatib, loyiha atrofida kelishmovchiliklar mavjudligini tan oldi va taklif amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.

Infantino FIFAga 2016-yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda. U 2027-yilda yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish rejasini bildirgan. Tashkilot prezidentligi uchun saylovlar kelasi yil bahorida Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:06, 15.08.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик