Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jeksonga uchta da’vogar bor

Jeksonga uchta da’vogar bor

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson transfer oynasi yopilguniga qadar klubini o‘zgartirishi mumkin.

25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Madridning "Atletiko", "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. RMC Sport ma’lumotiga ko‘ra, uchchala da’vogarni ham "ko‘klar" tomonidan belgilangan narx — 60 million funt sterling (taxminan 70 million yevro) cho‘chitmoqda. Shuningdek, "Aston Villa" senegallik futbolchini ijaraga olish variantini afzal ko‘rayotgani ma’lum.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Nikolas Jeksonning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda forvard ijara asosida "Bavariya" safida to‘p surgan edi. 2023 yilda "Chelsi" ushbu o‘yinchini "Vilyarreal"dan 37 million yevroga xarid qilgan.

Kiritildi: 08:58, 16.08.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик