Milanning «Inter» klubi safida so‘nggi uch yilni o‘tkazgan Davide Frattezi bir paytlar, 2014 yilga qadar bolalar futbolidagi faoliyatini boshlagan Rimning «Lasio» klubiga qaytdi.
U o‘sha davrlarni eslaydi va hozirgi transferini aynan uyga qaytish sifatida baholamoqda.
«Men uyga qaytdim. «Djustiniana»da mashg‘ulot o‘tkazgan paytlarimda yurgan barcha ko‘chalarni eslayman. Men endi ulg‘aygan holda qaytyapman.
26 yoshimda o‘z zimmamga boshqacha mas’uliyat olish vaqti keldi», — deya Davide Frattezining so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.













