Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Superliga. 17-turning so‘nggi o‘yinida "Nasaf" va "Paxtakor" to‘qnashadi

Superliga. 17-turning so‘nggi o‘yinida "Nasaf" va "Paxtakor" to‘qnashadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida bugun, 16 avgust kuni 17-tur uchrashuvlari yakunlanadi. Turning so‘nggi va markaziy bahsi Qarshida o‘tkazilib, "Nasaf" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Mazkur jamoalar joriy mavsumda bir bor to‘qnashgan. 28 aprel kuni Toshkentda o‘tgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan — 2:2. O‘shanda "Nasaf" uchrashuv so‘nggida 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, 90+3-daqiqada hisobni tenglashtirgandi.

"Nasaf" so‘nggi turda "Qo‘qon-1912" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. "Paxtakor" esa "Buxoro"ga qarshi bahsda 2:2 hisobini qayd etdi. Toshkentliklar 11 avgust kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida "Al-Hussayn"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan.

Qarshidagi uchrashuvni Asker Najafaliyev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam beradi. Abdurashid Xudoyberganov VAR hakami sifatida ishlaydi.

17-turda hozirga qadar "Neftchi" "Andijon"ni 3:0, "So‘g‘diyona" "Surxon"ni 3:1, "Buxoro" OKMKni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, "Navbahor" — "Bunyodkor" bahsi 4:3, "Dinamo" — "Xorazm" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi, "Qizilqum" "Mash’al"dan 2:0, "Qo‘qon-1912" esa "Lokomotiv"dan 2:1 hisobida ustun keldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:56, 16.08.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик