Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

"Arsenal" himoyachisi yoz yakuniga qadar "Everton"ga o‘tishi mumkin

"Arsenal" himoyachisi yoz yakuniga qadar "Everton"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi o‘ng qanot himoyachisi Ben Uayt transfer oynasi yopilguniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga "Everton" da’vogarlik qilmoqda, ularning qiziqishi haqida iyun oyidayoq xabar berilgan edi. Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, agar "to‘pchilar" "Aston Villa"dan Ezri Konsani sotib olishsa, "irislar" Uayt bo‘yicha taklif berishga tayyor.

Ben Uaytning o‘zi ham "Everton"ga o‘tishga qarshi emas — u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishni istaydi, Mikel Arteta jamoasida esa bunga umid qilish qiyin. Transfermarkt mutaxassislarining baholashicha, angliyalik futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi, uning amaldagi shartnomasi esa 2028 yilda nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 12:08, 16.08.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик