Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Beshiktosh» prezidenti Salohning transferi nega barbod bo‘lgani sababini oshkor qildi

«Beshiktosh» prezidenti Salohning transferi nega barbod bo‘lgani sababini oshkor qildi

Baho:
+ | -

«Beshiktosh» prezidenti Serdar Adali klub shu yozda Muhammad Salohning transferini ko‘rib chiqqanini, biroq bosh murabbiy Vinchenso Italyano va uning shtabi bu g‘oyaga ishonmagani sababli kelishuv oxir-oqibat barbod bo‘lganini oshkor qildi.

«Menga Saloh variantini taklif qilishganda, murabbiy va texnik shtabni ko‘ndirish uchun juda katta harakat qildim», — dedi Adali.

«Murabbiy va texnik shtab (Salohni sotib olishga) unchalik ishtiyoq bildirishmadi. Bundan tashqari, ular (Saloh va uning agenti) so‘ragan shartlar klubimiz tamoyillariga mos kelmas edi hamda transfer oynasi boshida belgilab olgan rejalarimizga kirmas edi. Shartlar mos kelmagach, biz ortga chekindik», — deya qo‘shimcha qildi u.

Adali, shuningdek, Salohni sotib olish Italyano tomonidan maxsus so‘ralgan Dushan Vlahovichni jamoaga olib kelish rejalariga ta’sir qilishi mumkinligini tushuntirdi.

«Agar Saloh bilan shartnoma imzolaganimizda, murabbiy xohlagan Vlahovichni olib kela olmagan bo‘lardik. U so‘ragan transferni amalga oshirganimdan juda xursandman», — dedi u.

«Beshiktosh» prezidenti yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar Leandro Trossard va Aleksandr Nyubel manziliga ham maqtov so‘zlarini aytdi hamda klub kelajakni qurishdan ko‘ra, joriy mavsumda sovrinlar yutishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 13:26, 16.08.2026.
O'qildi: 1826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик