«Manchester Siti» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Joleon Leskott Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal»ni Angliya chempionatining yangi mavsumida g‘oliblik uchun asosiy da’vogar deb hisoblaydi. O‘tgan mavsumda Arteta jamoasi «Siti»ni yetti ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallagan edi.
«Hozircha bashorat qilish barvaqt, ammo favorit sifatida «Arsenal»ni ko‘rsatgan bo‘lardim. Asosiy omillarni hisobga olsak, ularda sovrin sari yo‘lda to‘siqlar kamroq. Artetada jamoa bilan ishlashda izchillik bor, futbolchilar esa endi o‘z kuchlariga chin dildan ishonishmoqda», — dedi Leskott Mirror nashriga bergan intervyusida.
Yozda «Manchester Siti»da jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Pep Gvardiola ketganidan so‘ng jamoani Enso Mareska boshqarmoqda. Leskott klub to‘g‘ri tanlov qildi deb hisoblaydi.
16-avgust kuni «Arsenal» va «Manchester Siti» o‘zaro Angliya Superkubogini o‘ynashadi.













