Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf 0-1 Paxtakor

Flik «Bazel»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga Pedri va Gavini kiritmadi

Flik «Bazel»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga Pedri va Gavini kiritmadi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachilari Pedri va Gavi Shveysariyada «Bazel»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Futbolchilar yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin qaydnomasidan o‘rin olishmagan. Kataloniya klubi har ikki o‘yinchining ahvoli xavotirga sabab bo‘lmayotganini va bosh murabbiy Xansi Flik mavsumlarora tayyorgarlik jarayonida ularni ortiqcha xavf-xatarga qo‘ymaslikka qaror qilganini bildirgan.

Pedri ta’tildan qaytgach, individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. U allaqachon to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshlagan va hech qanday cheklovlarsiz harakat qilmoqda, shu sababli yaqin orada umumiy guruhga qaytishi kutilmoqda.

Gavi esa ta’tilini deyarli bir haftaga qisqartirib, jamoadoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Uning qaydnomaga kiritilmagani yuklamalarni nazorat qilish bilan izohlanmoqda. Manbaga ko‘ra, bu shunchaki mavsum oldi tayyorgarlik davridagi oddiy ehtiyotkorlik chorasidir.

«Bazel»ga qarshi bahs «Barselona» uchun 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi oxirgisidan oldingi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi.

Kiritildi: 15:30, 16.08.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик