Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Amorim Tomori, Nkunku va yana ikki futbolchining tarkibdan chiqarilishiga izoh berdi

Amorim Tomori, Nkunku va yana ikki futbolchining tarkibdan chiqarilishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning to‘rt nafar a’zosi — Kristofer Nkunku, Yussuf Fofana, Fikayo Tomori va David Odoguning asosiy tarkibdan chetlatilishi sababini tushuntirib o‘tdi. Oldinroq butun mavsumlarora tayyorgarlikni jamoa bilan o‘tkazgan ushbu futbolchilar mashg‘ulotlardan chetlashtirilgani va transferga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

«Ular mavsum oldi yig‘inida o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi, ammo biz qaror qabul qilishimiz kerak. Jamoa o‘zgarmoqda va o‘ylashimcha, hozirda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirish juda muhim. Biz yangi loyihaning boshida turibmiz va maydonda joy ajratilishi kerak bo‘lgan bir nechta yosh futbolchilarimiz bor.

Lekin yana bir bor ta’kidlayman, ular yig‘inlarda juda yaxshi harakat qilishdi. Ammo biz yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Qarib 40 ta futbolchi bilan esa puxta tayyorgarlik ko‘rishning imkoni yo‘q. Shu sababli yigitlar uchun afsusdaman, lekin biz bu qadamni tashlashimiz shart edi», — dedi Amorim La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:39, 16.08.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик