Hujumchi Joshua Zirkzee ushbu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi «Yuventus» bilan muzokaralar olib bormoqda. «Qizil iblislar» Zirkzeega o‘rinbosar sifatida «Frayburg» va Xorvatiya terma jamoasining 23 yoshli hujumchisi Igor Matanovich nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
O‘tgan mavsumda Matanovich Nemis klubi safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.













