«Barselona» va «Manchester Siti» Rodrining transferi bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda, ayni vaqtda ikki klub o‘rtasida faqat 10 million yevro farq qolmoqda.
MARCA nashri xabariga ko‘ra, «Barselona»ning so‘nggi taklifi 70 million yevroni tashkil etadi, bundan 60 million yevro kafolatlangan to‘lov va yana 10 million yevro bonuslar ko‘rinishida. Biroq «Manchester Siti» umumiy hisobda 80 million yevro talab qilmoqda.
O‘rtadagi farqga qaramay, har ikkala tomon ham yaqin kunlarda kelishuvga erishish mumkinligiga optimistik ruhda qaramoqda. Sport direktorlari Deku va Ugo Viana muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Yakshanba kuni muzokaralar biroz sekinlashishi mumkin, chunki ikkala jamoaning ham o‘yinlari bor — «Manchester Siti» rasmiy bahsda, «Barselona» esa o‘rtoqlik matchida maydonga tushadi. Agar yakuniy kelishuvga erishilmasa, klublar muzokaralarni do‘shanba kuni qayta boshlashlari kutilmoqda.
Rodrining «Barselona»ga o‘tish xohishi muzokaralarning markaziy omili bo‘lmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi «Barselona» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi muzokaralar boshlanishidan avval «Real Madrid»ga o‘tish imkoniyatini rad etgan.
Kataloniya klubi bitimni yakunlash uchun endi qolgan 10 million yevroni topishi kerak bo‘ladi.













