"Arsenal" himoyachisi Rikkardo Kalafyori Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
Italiyalik futbolchi start hushtagidan atigi 23 soniya o‘tib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, bu Angliya Superkubogi tarixida oxirgi 58 yil ichida uchrashuvning birinchi daqiqasida urilgan ilk gol bo‘ldi.
Bunday holat so‘nggi bor 1968 yilda qayd etilgan. O‘shanda "Manchester Siti" hujumchisi Bobbi Ouen "Vest Bromvich"ga qarshi bahsning dastlabki daqiqasida gol urgan edi.













