Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Arteta Xulian Alvaresga qo‘ng‘iroq qildi

Arteta Xulian Alvaresga qo‘ng‘iroq qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

Transfer News Live nashrining ESPN Argentinaga tayanib xabar berishicha, yaqinda «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta argentinalik futbolchiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni Londonga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqishga ko‘ndirishga uringan. Ammo 26 yoshli hujumchi yana bir bor «Barselona» variantini afzal ko‘rishini bildirgan.

«Ko‘k-anorranglilar» anchadan beri Alvares uchun kurashda favorit hisoblanib kelishmoqda, biroq «Atletiko» muzokaralar olib borishni istamayapti. Futbolchining o‘zi Xans-Diter Flik jamoasiga o‘tish istagini bildirayotganiga qaramay, Madrid klubi 100 million yevrolik taklifni javobsiz qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Arsenal» «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Angliya Superkubogi sohibiga aylandi.

Kiritildi: 05:46, 17.08.2026.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик