Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

«Tottenxem» narx juda yuqoriligi sababli «Chelsi» futbolchisidan voz kechdi

«Tottenxem» narx juda yuqoriligi sababli «Chelsi» futbolchisidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni xarid qilish fikridan voz kechdi.

«Shporlar» 25 yoshli senegallik forvard uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olinayotgan edi, ammo kurashdan chiqishga qaror qilishdi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «londonliklar» o‘z hujumchisi uchun 70 million yevro so‘ramoqda — «Tottenxem» rahbariyati esa bu narxni haddan tashqari yuqori deb baholadi.

Nikolas Jeksonga shuningdek «Aston Villa» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Jekson ijara huquqi asosida «Bavariya» sharafini himoya qilgan edi.

Kiritildi: 05:51, 17.08.2026.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик