«Pari Sen-Jermen» Fransiya Superkubogi bahsida «Lans»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, o‘z tarixida oltinchi bor ushbu trofey uchun kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bu turnir tarixidagi mutlaq antirekorddir.
Parijliklar muqaddam 1986, 2004, 2006, 2010, 2021 va 2026 yillardagi Superkubok finallarida mag‘lub bo‘lishgan. Mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Nant» bormoqda (5 ta mag‘lubiyat). «Lion», «Monako», «Bordo» va «Marsel» klublari hisobida esa 4 tadan mag‘lubiyat mavjud.
Shu bilan birga, «PSJ» 14 marotaba Fransiya Superkubogi sohibiga aylangan bo‘lib, bu borada ham rekordchi hisoblanadi.
Liga 1ning yangi mavsum 1-turida «Pari Sen-Jermen» 23 avgust kuni o‘z maydonida «Renn»ni qabul qiladi.













