Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 2-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«PSJ» murabbiyi «Lans»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

«PSJ» murabbiyi «Lans»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya Superkubogi doirasida «Lans»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hujumlarni yakunlashda aniqlik yetishmadi. Nazarimda, o‘yin tempi va maydondagi vaziyatlar juda ijobiy bo‘ldi, ayniqsa birinchi bo‘limda ko‘rganlarimdan ko‘nglim to‘ldi. Yaqin oradagi to‘qnashuvlarimiz bilan solishtirganda, bu «Lans»ning bizga qarshi eng kam vaziyat yaratgan o‘yini bo‘ldi. Natijadan qoniqmadim, chunki bundan ko‘prog‘iga loyiq edik. Ammo «Lans»ni tabriklashim kerak — ular g‘alaba qozonishdi va o‘zlariga xos shiddat bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Shunday bo‘lsa-da, menga jamoamning o‘yini yoqdi.

«Lans» qaysi jihatlarda ustunroq edi? Hech qaysi. Ko‘rganimdek, biz kuchliroq edik, ammo atmosfera va ularning harakatlarini hisobga olsak, raqib juda yaxshi himoyalandi. Biz o‘yinni nazorat qildik. Yanada aniqroq vaziyatlarga ega bo‘lishni istardik, lekin Usman Dembele va Nunu Mendeshda shunday imkoniyatlar bo‘ldi. Juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, shunchaki omad bizdan yuz o‘girdi», — deydi Enrike Le Figaro nashriga.

Parijliklarning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov maydonga asosiy tarkibda tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan bitta to‘p o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 06:09, 17.08.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик