«Milan»ga Ruben Amorimning bosh murabbiy etib tayinlanishidan eng ko‘p ruhlangan futbolchilardan biri Samuel Chukvueze bo‘ldi. Uning fikricha, bu klub asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin olish uchun juda katta imkoniyatdir.
«Amorim — yaxshi murabbiy. U menga ishonch bildirmoqda va imkoniyat berdi. Men uning ishonchini oqlashim kerak. Ijaradan so‘ng «Milan»ga qaytib, tarkibda o‘z o‘rnimni topishim uchun bu hayotda bir marta beriladigan katta imkoniyatdir», — deydi hujumchi pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Italiya A Seriyasining yangi mavsumi kelasi haftada start oladi. Birinchi turda «Milan» «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.













