«Liverpul» «PSJ»ning vingerlari Bredli Barkola va Ibraim Mbaye bo‘yicha qo‘ygan joriy moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas.
Parij klubi har ikki futbolchining transferidan katta daromad olishni va umumiy hisobda kamida 200 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» fransuz va senegallik futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga hanuz qiziqish bildirmoqda, biroq aytilgan summani to‘lashni xayoliga ham keltirmayapti. «Qizillar» rahbariyati «PSJ»ni narxni tushirishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Manbaning ta’kidlashicha, Barkola va Mbayening o‘zi Andoni Iraola boshchilik qilayotgan jamoaga o‘tishni xohlashmoqda. Ikkala futbolchi ham «PSJ»ning yakshanba kuni «Lans»ga qarshi kechgan Fransiya Superkubogi qaydnomasiga kiritilmagan edi.













