«PSJ» himoyachisi Ashraf Xakimiy Fransiya Superkubogi doirasidagi «Lans»ga qarshi o‘yin (0:1) raqibning o‘z uy stadionida o‘tkazilganidan noroziligini bildirdi.
«G‘alaba qozonish uchun hamma narsani qildik, butun o‘yin davomida ustunlik qildik, ammo nazorat qila olmagan vaziyatlarimiz ham bo‘ldi. Neytral bo‘lmagan bunday stadionda, o‘z muxlislarimizsiz o‘ynash... Biz teng sharoitda bo‘lishimiz kerak edi. Bugungi bellashuv ko‘proq Liga 1 o‘yinini eslatdi. Ammo bu bahona bo‘la olmaydi», — deydi Xakimiy Footmercato nashriga.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» o‘z tarixida oltinchi bor Fransiya Superkubogi finalida imkoniyatni boy berdi, bu esa turnir tarixidagi antirekord hisoblanadi.













