Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

La Liga klubi "Liverpul" bilan muzokara boshladi

La Liga klubi "Liverpul" bilan muzokara boshladi

Baho:
+ | -

"Xetafe" "Liverpul" yarim himoyachisi Stefan Baychetichni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar ehtimoliy transfer formati yuzasidan muzokaralarni boshlagan. Biroq hozircha futbolchining o‘tishi shartlari bo‘yicha aniq kelishuvga erishilmagan.

21 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi "Liverpul"ga tegishli. Baychetich ikki yildan ortiq vaqtdan buyon "qizillar"ning asosiy jamoasi safida maydonga tushmagan. U o‘tgan yilning may oyida son orqa qismida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va shundan keyin uzoq vaqt o‘yinlardan chetda qolgan.

Jarohat sabab Baychetich 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida o‘ynagan "Las-Palmas" safidagi ishtirokini ham muddatidan oldin yakunlagan edi.

Joriy yil iyul oyida yarim himoyachi "Liverpul" tarkibiga qaytib, jamoaning Chikagoda o‘tkazilgan mavsumoldi yig‘iniga qo‘shildi.

Kiritildi: 15:17, 17.08.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик