Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Rodri bugun Kataloniyaga yetib boradi

Rodri bugun Kataloniyaga yetib boradi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri transferini rasmiylashtirish jarayonini boshladi. Ispaniyalik futbolchi bugun, 17 avgust kuni Barselonaga yetib keladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehmonxonaga yo‘l oladi. Bu haqda Sport.es jurnalisti Karlos Monfort ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 18 avgust kuni Rodri shahar shifoxonalaridan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shu kunning tush paytida uni "Barselona"ning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirish rejalashtirilgan. Taqdimot marosimi klub ofislarida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq "Barselona" va "Manchester Siti" Rodri transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kafolatlangan transfer summasi 60 mln yevroni tashkil qiladi. Kataloniyaliklar yana 11 mln yevroni amalga oshishi nisbatan oson bo‘lgan bonuslar ko‘rinishida to‘lashi mumkin.

Shuningdek, kelishuvda qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgani sabab transferning yakuniy qiymati bundan ham yuqori bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Rodri 2019 yildan buyon "Manchester Siti" safida to‘p surib kelmoqda. Angliya klubi uni o‘shanda "Atletiko"dan 70 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. Ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 18:41, 17.08.2026.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик