Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Superliga 17-turi: to‘p uzatishda eng aniq jamoalar ma’lum qilindi

Superliga 17-turi: to‘p uzatishda eng aniq jamoalar ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 17-turida to‘p uzatishlar aniqligi bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar e’lon qilindi. Statistik ma’lumotlar HUDL platformasi tomonidan taqdim etilgan.

Turning eng yuqori ko‘rsatkichi «Surxon» hisobiga yozildi. Termizlik futbolchilar amalga oshirgan to‘p uzatishlarning 86 foizi o‘z manziliga yetib borgan.

Ikkinchi o‘rinni 85 foizlik natija bilan Samarqandning «Dinamo» klubi egalladi. «Lokomotiv» 84 foiz, «Mash’al» esa 83 foizlik aniqlik ko‘rsatdi.

17-turdagi eng yuqori to‘p uzatish aniqligi:

  1. «Surxon» — 86 foiz;
  2. «Dinamo» — 85 foiz;
  3. «Lokomotiv» — 84 foiz;
  4. «Mash’al» — 83 foiz.

Qizig‘i, ushbu ro‘yxatdagi to‘rt jamoadan birortasi ham 17-turda g‘alaba qozona olmadi. «Surxon» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga 1:3, «Lokomotiv» esa «Qo‘qon-1912»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Mash’al» «Qizilqum»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Faqat «Dinamo» ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi — samarqandliklarning «Xorazm»ga qarshi uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi.

Kiritildi: 18:55, 17.08.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик