Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Noyer kelajagi haqida: "Hozircha hammasini o‘z oqimiga qo‘yib boraman"

Noyer kelajagi haqida: "Hozircha hammasini o‘z oqimiga qo‘yib boraman"

Baho:
+ | -

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Leypsig"ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z kelajagi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Avvalo shuni aytishim kerakki, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qaysi raqibga qarshi o‘ynashimizdan qat’i nazar, har bir o‘rtoqlik uchrashuviga jiddiy yondashish kerak.

Biz Osiyoda "Aston Villa"ga qarshi ham o‘ynadik va hozirgidek juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdik. Albatta, ko‘plab almashtirishlar bo‘ldi, murabbiy futbolchilarga o‘yin amaliyoti berish va yuklamani taqsimlashga harakat qildi. Biz g‘alabaga munosib edik va yaxshi o‘ynadik", — dedi Noyer.

40 yoshli germaniyalik golkiper kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Kelasi yozda faoliyatimni yakunlaymanmi? Hozircha hammasini o‘z oqimiga qo‘yib boraman, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bu mavsumni eng yuqori maqsadlar uchun kurashish niyatida o‘tkazaman. Undan keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi", — dedi u.

Noyerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. U joriy yilda klub bilan kelishuvini uzaytirgan.

O‘tgan mavsumda Noyer "Bavariya" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol o‘tkazib yubordi. U 10 ta bahsda darvozasini daxlsiz saqladi.

Kiritildi: 22:39, 17.08.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик