Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Chalxanoglu: «Hamma «Inter» o‘lmoqda deb o‘ylaydi, ammo bizda xarakter bor»

Chalxanoglu: «Hamma «Inter» o‘lmoqda deb o‘ylaydi, ammo bizda xarakter bor»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu yangi mavsum oldidan jamoaning ahvoli va ichki muhiti haqida fikr bildirdi.

O‘tgan mavsumda «neradzurri» Simone Indzagi ketib, o‘rniga Kristian Kivu tayinlanganidan so‘ng pessimistik taxminlarga qaramay, Italiya A Seriyasi va Italiya Kubogida zafar quchgan edi.

«Hamma «Inter» o‘lmoqda deb o‘ylaydi, ammo jamoamizda xarakter bor. Biz qiyinchiliklarni yengib o‘tishni bilamiz. Tarkibimiz shakllangan, futbolchilar ko‘p yillardan beri birga o‘ynab kelishmoqda va og‘ir vaziyatlarda qanday harakat qilishni, o‘zimizni qo‘lga olishni yaxshi bilamiz. Bu bizni boshqalardan ajratib turadi», — dedi Chalxanoglu Football-Italia nashriga.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» Italiya chempionatining 1-turi doirasida 22 avgust kuni o‘z maydonida «Monsa»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 06:09, 18.08.2026.
O'qildi: 460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик