Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Chalxanoglu Indzagi va Kivuni taqqosladi

Chalxanoglu Indzagi va Kivuni taqqosladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu jamoaning sobiq hamda amaldagi bosh murabbiylari Simone Indzagi va Kristian Kivu haqida fikr bildirdi.

Indzagi 2021–2025 yillarda «neradzurri»ni boshqarib, so‘ng Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tgan edi. Uning o‘rnini egallagan Kristian Kivu esa o‘tgan mavsumda «Inter» bilan A Seriya va Italiya Kubogida zafar quchdi.

«Indzagi haqida hech qanday yomon gap ayta olmayman. U meni «Inter»da ko‘rishni xohlagan — aynan u sababli men shu yerdaman. U bilan ishlash davomida futbolchi va shaxs sifatida juda o‘sdim.

Kivu bilan esa hammasi boshqacha — u uchun birinchi o‘rinda futbol emas, insoniylik turadi. U o‘zingni qanday his qilayotganing bilan qiziqadi, hamisha ochiq va senga ishonch bag‘ishlaydi. Albatta, Kristian taktikaga ham vaqt ajratadi, ammo maydondan tashqarida u xuddi aka yoki do‘stdek — u bilan har qanday mavzuni muhokama qilish mumkin. Hal qilishim kerak bo‘lgan muammolar ko‘p edi va murabbiy menga juda katta yordam berdi», — dedi turkiyalik futbolchi Football-Italia nashriga.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» Italiya A Seriyasining 1-turida 22 avgust kuni o‘z maydonida «Monsa»ga qarshi bahs olib boradi 

Kiritildi: 06:11, 18.08.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик