«Milan» yaqin orada «Strasburg» vingeri Diyegu Moreyraning transferini yakunlaydi.
Janluka Di Marsio bergan ma’lumotga ko‘ra, «rossoneri» Belgiya terma jamoasi a’zosi uchun 45 million yevro to‘laydi. Yana 20 million yevro bonus sifatida ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning ba’zilarini qo‘lga kiritish oson, ba’zilari esa murakkab shartlarga bog‘langan.
Hujumning ikkala qanotida va himoyaning chap tomonida o‘ynay oladigan 22 yoshli futbolchi 18 avgust kuni soat 12:00 da tibbiy ko‘rikdan o‘tish va «Milan» bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga yetib keladi.
O‘tgan mavsumda Moreyra Fransiya Liga 1 musobaqasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi, 6 ta golli uzatma berdi va 4 ta sariq kartochka oldi. JCH-2026 turnirida esa Diyegu Belgiya terma jamoasi tarkibida faqat bitta o‘yinda ishtirok etdi.













