Oldinroq Turin klubi «rossoneri» yarim himoyachisi Yussuf Fofanaga qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Sky Sport ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuve» anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgan markaziy himoyachi Fikayo Tomorini ham kuzatishda davom etmoqda.
Tarkibda Yussuf va Fikayo murabbiy Ruben Amorimning qaroriga ko‘ra «Milan» tomonidan transferga qo‘yilgan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidlash joiz.
Tomori o‘tgan mavsumda A Seriyada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta assist qayd etdi, 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.
Fofana hisobida esa 33 ta o‘yinda 2 ta gol, 3 ta assist va 5 ta sariq kartochka bor.













