Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Fermin Lopes «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi

Fermin Lopes «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes 2025 yilda «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Boshqa klublar senga qiziqish bildirayotgani, albatta, yoqimli. Ammo men doim “Barselona”da o‘ynashni davom ettirishni xohlashimni ochiq aytib kelganman», — deya Lopesning so‘zlarini diariARA nashri keltirdi.

Fermin Lopes — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachining Ispaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:07, 18.08.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик