Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Nyukasl" Amar Dedich transferini rasman e’lon qildi

"Nyukasl" Amar Dedich transferini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Benfika"dan qanot himoyachisi Amar Dedichni transfer qilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli bosniyalik futbolchi "Nyukasl" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Dedich yangi jamoasida 37-raqam ostida to‘p tepadi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etgan.

"Men uchun "Nyukasl"ga qo‘shilish — alohida hissiyot va katta sharaf. Bu yerda ekanimdan juda xursandman va klub hamda uning ajoyib muxlislari uchun maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman", — dedi Dedich shartnoma imzolaganidan so‘ng.

O‘tgan mavsumda himoyachi "Benfika" safida barcha musobaqalar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:34, 18.08.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик