Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Dyokeresh uchun taklif tayyorlamoqda

"Barselona" Dyokeresh uchun taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" "Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar Xulian Alvares transferida qiyinchilikka duch kelgach, shvesiyalik futbolchiga e’tibor qaratgan.

Dyokeresh "Arsenal"ga o‘tgan yozda "Sporting"dan kelib qo‘shilgan va debyut mavsumida barcha musobaqalarda 21 ta gol urgan.

Biroq hozircha transfer bo‘yicha aniq kelishuv yo‘q. Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda "Barselona", "Arsenal" va Dyokeresh tomoni o‘rtasida rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Shu bilan birga, "Arsenal"da Itan Nvanerining ham kelajagi noaniq. Romano 19 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishini bildirgan. Unga "Milan", "Galatasaroy" va Germaniya klublaridan qiziqish bor.

Kiritildi: 13:51, 18.08.2026.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик