ESPN dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilari reytingini tuzdi.
So‘rov ishtirokchilariga 2025/26 yilgi mavsumdagi o‘yinlarini inobatga olgan holda o‘z pozisiyasidagi eng kuchli futbolchilarni tanlash taklif qilindi. Shu bilan birga, jarohat sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan, ammo oldingi mavsumlardagi yuqori saviyali o‘yini bilan ajralib turgan futbolchilar ham reytingga kiritildi.
2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlar ham hisobga olingan, biroq ular hal qiluvchi omil bo‘lmagan. Baholashda futbolchilarning butun mavsum davomidagi barqaror o‘yiniga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, uzoq muddatli turnirlardagi barqarorlik kamroq o‘yindan iborat musobaqalardagi, jumladan, Chempionlar ligasidagi natijalardan ustunroq baholangan.
ESPN talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 20 markaziy hujumchisi:
- Xarri Keyn — "Bavariya", Angliya
- Kilian Mbappe — "Real", Fransiya
- Erling Xoland — "Manchester Siti", Norvegiya
- Usman Dembele — "PSJ", Fransiya
- Xulian Alvares — "Atletiko", Argentina
- Lautaro Martines — "Inter", Argentina
- Kay Haverts — "Arsenal", Germaniya
- Joao Pedro — "Chelsi", Braziliya
- Viktor Osimxen — "Galatasaroy", Nigeriya
- Yugo Ekitike — "Liverpul", Fransiya
- Igor Tiago — "Brentford", Braziliya
- Olli Uotkins — "Aston Villa", Angliya
- Robert Levandovski — "Chikago Fayr", Polsha
- Krishtianu Ronaldu — "Al-Nasr", Portugaliya
- Antuan Grizmann — "Orlando Siti", Fransiya
- Markus Tyuram — "Inter", Fransiya
- Doniell Malen — "Roma", Niderlandiya
- Mikel Oyarsabal — "Real Sosyedad", Ispaniya
- Viktor Dyokeresh — "Arsenal", Shvesiya
- Aleksandr Serlot — "Atletiko", Norvegiya













