"Real"ning yangi yarim himoyachisi Bernardu Silva Madrid klubi safidagi debyuti haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibida ilk uchrashuvini o‘tkazganidan mamnun ekanini aytdi. Shu bilan birga, u hali optimal formaga kirib olishi kerakligini ta’kidladi.
"Men juda xursandman, chunki "Real Madrid" safida debyut o‘yinimni o‘tkazdim. Jamoaga qo‘shilganimga atigi bir hafta bo‘ldi, shuning uchun o‘yin ritmini tiklashim va yangi mavsumga tayyorlanishim kerak. Juda ko‘p mehnat qilishim lozim", — dedi Silva "Real" matbuot xizmatiga.
Bernardu Silva joriy transfer oynasida "Real" safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bunga qadar yarim himoyachi "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
Silva "Real"dagi debyutini "Ferensvarosh"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.













